Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar internet o‘chirilishi holatiga qo‘lbola tarmoq yaratishmoqda
AQShdagi Mycelium Mesh Project notijorat tashkiloti ishtirokchilari internet o‘chirilishi holatiga yaratilgan qo‘lbola simsiz tarmoqni sinovdan o‘tkazishmoqda.
Vice portalining xabar berishicha, yangi tizimning o‘ziga xosligi shundaki, uni qo‘l ostidagi materiallardan yig‘ish mumkin. Tayyor qurilmalarni esa mahalliy do‘konlarda sotib olish yoki internet orqali buyurtirish mumkin.
Qo‘lbola qurilmalar tarmoqqa ulanishi bilan ma'lumotlar uzatishni boshlaydi. Ular 42 kmgacha masofada matnli aloqani ta'minlaydi.
Ta'kidlanishicha, tizim o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgani sababli turli uzilishlarga barqaror. Tarmoqning barcha ishtirokchilari teng huquqli va bir-biri bilan juftlik bo‘lib bog‘langan. Buning evaziga tarmoq unda bor-yo‘g‘i ikki foydalanuvchi qolgunga qadar ishlaydi.
Tashkilotda ta'kidlanishicha, uzatgichlarni internet yoki elektr ta'minoti uzilishi holatiga istalgan joyda tez o‘rnatish uchun qulay qilishga urinishmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026