Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada konteyner ichida qoldirib ketilgan 126 migrant qutqarildi
Gvatemala politsiyasi yo‘l chetida qoldirib ketilgan konteyner ichidan 126 migrantni ozod qildi.
BBC News telekanalining xabar berishicha, migrantlar mahalliy aholi konteyner ichida ovozlar eshitilganini ma'lum qilgach, Nueva-Konsepson va Kokales shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda tongda aniqlangan. Politsiyaning fikricha, migrantlar Meksika orqali AQShga yetkazilish uchun pul to‘langan kontrabandachilar tomonidan tashlab ketilgan. Migrantlarning yuzdan ko‘prog‘i haitilik bo‘lgan. Shuningdek, ular orasida Nepal va Gana fuqarolari ham bo‘lgan.
Politsiyachilar muhojirlarga birinchi yordam ko‘rsatib, ularni Gvatemala migratsiya institutiga qarashli vaqtinchalik boshpanaga olib borishgan. Keyinroq ular Honduras bilan chegaraga yetkazilib, mutasaddi idoralarga topshiriladi.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
23:15 / 11.08.2025