Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors Chevrolet Onix sotuvi qachon boshlanishini ma'lum qildi
Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix avtomobili to‘liq siklda qachon ishlab chiqarila boshlanishi hamda sotuviga oydinlik kiritdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asaka avtomobil zavodida zaruriy ishlar olib borilgan.
Shu bilan birga, mavjud talablarga ko‘ra, Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Buning uchun, avtomobillar turli xil iqlim sharoitida,har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.
Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deyiladi kompaniya bayonotida.
Mavzuga oid
11:49 / 01.03.2025
GM Onix modelidagi kamchilik uchun katta miqdorda kompensatsiya to‘lashi mumkin
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025