GM Onix modelidagi kamchilik uchun katta miqdorda kompensatsiya to‘lashi mumkin
Braziliyada Chevrolet Onix modeli bilan bog‘liq katta janjal boshlandi. General Motors kompaniyasi 2012-2018 yillar davomida ushbu mamlakatda 1 mlnga yaqin Onix sotgan, ammo avtomobillar xavfsizlik talablariga javob bermagani aytilyapti. Federal prokurorlarning ta’kidlashicha, mahalliy zavodda boshqa mamlakatlar uchun ishlab chiqarilgan Onix’lar qo‘shimcha himoya vositalari bilan jihozlangan, ichki iste’molchilarga yetkazib berilgan mashinalarda esa bunday funksiya bo‘lmagan.

Foto: Kun.uz
Braziliyada Chevrolet brendi bilan bog‘liq katta janjal boshlandi. Federal prokurorlar General Motors kompaniyasini 2012-2018 yillar davomida Lotin NCAP xavfsizlik testida reyting ololmagan 1 millionga yaqin Chevrolet Onix avtomobillarini sotgani uchun jazolamoqchi.
Ular kompaniyadan bunday avtomobillardagi baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarning barchasi uchun katta miqdorda ma’naviy zarar undirmoqchi. Umumiy kompensatsiya miqdori 2,5 mlrd real yoki 425 mln dollarni tashkil etishi mumkin.
Da’vogarlarning ta’kidlanishicha, kompaniya Braziliya bozorida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtomobillarni “ataylab sotgan”, chunki mahalliy zavodda boshqa mamlakatlar uchun ishlab chiqarilgan Onix’lar qo‘shimcha himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lgan.
2017 yilda mustaqil Lotin NCAP tashkiloti transport vositalarining xavfsizligini tekshirish maqsadida test o‘tkazadi, unda Chevrolet Onix yon ta’sir xavfsizligi bo‘yicha hech qanday reyting ololmaydi. Buning ortidan xaridorlar 2020 yilda kompaniyaga qarshi sudga da’vo arizasi kiritadi.
General Motors esa Lotin NCAP rasmiy tartibga soluvchi organ emasligini ta’kidlab, sotilgan Onix modellari o‘sha paytdagi milliy xavfsizlik qoidalariga mos kelishini iddao qilyapti.
Bundan tashqari, Braziliyadagi boshqa mashhur modellar: Renault Sandero, Renault Logan, Hyundai HB20, Citroen C3, Citroen C3 Aircross, Ford Ka va Fiat Argo'lar ham xavfsizlik testida past reyting olgan.
E’tiborli jihati, xavfsizlikka bog‘liq e’tiroz paydo bo‘lishi bilan Chevrolet darhol mahalliy bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mashinalarga ham eksport uchun chiqarilgan avtomobillarda bo‘lgani kabi, qo‘shimcha yon himoya xavfsizlik tizimini qo‘shgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
O‘zbekiston | 20:39
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
Mavzuga oid

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

16:47 / 12.12.2024