Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij meri Fransiya prezidenti lavozimi uchun kurash olib boradi
Fransiya sotsialistik partiyasi Parij meri Ann Idalgoni 2022 yil aprelda o‘tadigan prezident saylovlari uchun rasmiy nomzod sifatida ilgari suradi.
Partiya qurultoyida nomzodni tanlash bo‘yicha o‘tgan ovoz berishda 62 yoshli ayol siyosatchi 1-o‘rinni egallagan.
Ann Idalgo ovoz berishdan keyin so‘z olib, taraqqiyot, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini hamda tenghuquqlilikni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Uning ta'kidlashicha, ayol siyosatchi sifatida barcha fransuz ayollarining manfaatlarini e'tiborga oladi va hukumatga yetkazadi. Shuningdek, Idalgo atrof-muhitni himoyalash va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashni muhim vazifalar deb atagan.
Ann Idalgo Ispaniyada tug‘ilgan. U Parij meri lavozimini 2014 yildan beri egallab keladi. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, Idalgoni saylovchilarning 5-7 foizi qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Fransiya prezidenti lavozimi uchun asosiy kurash amaldagi prezident Emmanyuel Makron va “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen o‘rtasida kechishi kutilmoqda.
Biroq ba'zi so‘rovnomalarga ko‘ra, o‘ng sentristik qarashlari bilan ajralib turuvchi jurnalist Erik Zemmur qo‘llab-quvvatlanish bo‘yicha Le Penni ham ortda qoldirmoqda, biroq o‘z nomzodini prezident lavozimiga ilgari surishi haqida rasman e'lon qilmagan.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026