«Paxtakor» - 14 karra O‘zbekiston chempioni
O‘zbekiston Superligasida 22-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan 2ta muhim uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan «Paxtakor» va «Qizilqum» bellashuvi «sherlar»ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jizzaxda esa turnir jadvalining 2-pog‘onasida borayotgan «So‘g‘diyona» klubi «Qo‘qon-1912»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Natijada, chempionat yakunlanishiga 4ta tur qolgan bir paytda, «Paxtakor»ning eng yaqin ta'qibchisi bilan oradagi farqi 14 ochkoga yetdi.
Shu tariqa, «Paxtakor» 14-marotaba futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olibiga aylandi. Bu klubning milliy chempionatdagi so‘nggi 4 yillikdagi ketma-ket 4-g‘alabasi bo‘ldi.
Superliga. 22-tur
16 oktabr (shanba)
«Paxtakor» - «Qizilqum» - 4:2
Gollar: Ignatiy Nesterov 3 (o‘z dar.), Dragan Cheran 38 pen., 61 pen., 66 - Elguja Grigalashvili 13, Erkin Boydullayev 45+1.
«Co‘g‘diyona» - «Qo‘qon-1912» - 1:1
Hakam: Asker Najafaliyev
Gollar: Elyor Orifov 37 - Murod Holmuhammedov pen., 4.
«Turon» - «Surxon» - 1:1
Gollar: Fozil Musayev 68 – Murodbek Bobojonov 47.
Mavzuga oid
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
21:55 / 19.10.2024