Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Renault avtomobillari narxlari e'lon qilindi
Renault'ning Kaptur, Duster va Arkana modellarining boshlang‘ich narxlari 221–231 mln so‘m oralig‘ida bo‘ladi.
Renault Arkana / Foto: Renault
Renault Uzbekistan saytida fransuz avtokonserni mahsulotlarining O‘zbekiston bozori uchun narxlari e'lon qilindi.
Rasmiy manbada uch xil avtomobil uchun quyidagi narxlar ko‘rsatilgan:
- Kaptur – 221 115 600 so‘mdan boshlab;
- Duster – 225 108 500 so‘mdan boshlab;
- Arkana – 230 879 300 so‘mdan boshlab.
Mazkur narxlar QQSni o‘z ichiga olgan-olmagani hozircha ma'lum emas. Komplektatsiyalar bo‘yicha to‘liq prays-list hali e'lon qilinmadi.
Kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida o‘tgan hafta bergan e'lonida ilk krossoverlar shu yil kuzidanoq sotuvga chiqarilishini ma'lum qilgandi.
Dastlabki bosqichda avtomobillar Toshkentdagi ikkita dilerlik markazida sotiladi.
Fransiya kompaniyasi, shuningdek, O‘zbekistondagi Roodell bilan birgalikda mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.
Bundan oldin “Avtovaz” prezidenti Nikolya Mor O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026