O‘zbekiston | 17:28 / 20.10.2021
14982
2 daqiqa o‘qiladi

Tsitrus mevalar importi bojxona bojidan ozod qilindi

Foto: Getty Images

“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan 2022 yil 1 maygacha qator tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi.

Ushbu tovarlar:

  • banan, plantayn (yangi yoki quritilgan) – TIF TN kodi 0803;
  • yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya – TIF TN kodi 0804;
  • yangi yoki quritilgan sitrus mevalar – TIF TN kodi 0805;
  • yangi papayya – TIF TN kodi 0807 20 000 0;
  • yangi olma, nok va behi – TIF TN kodi 0808;
  • kivi – TIF TN kodi 0810 50 000 0.

Shuningdek, qaror bilan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish, ularni sotish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Avvalroq, qonun loyihasi 3 ta moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qator asosiy qo‘shimcha kiritishni o‘z ichiga olgani xabar qilingandi. 

Xususan, loyihada go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan O‘zbekistonga olib kirishda va realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid