Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida “Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama markazida bo‘ldi. Qayd etilganidek, qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, 70 ta moddaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 10 ta yangi modda bilan to‘ldirilmoqda va 1 ta modda chiqarib tashlanmoqda.
Bojxona nazoratini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda, tovar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga joylashtirish maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar berish tartibi bekor qilinmoqda.
Shuningdek, qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan tovarlarning chiqish normasini vakolatli shaxslar tomonidan belgilashning huquqiy asosi belgilanmoqda.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini soddalashtirish yo‘nalishida esa, O‘zbekiston hududiga olib kirishda soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati muvofiqlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Bojxona kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda. Xususan, bojxona va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tizim kiritilmoqda.
Bojxona organlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq 2019 yilda 15 ta va 2020 yilda 29 ta nizoli ishlar ma'muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu tadbirkorlarning turli sud instansiyalaridagi ovoragarchiligiga sabab bo‘lgan.
Taklif etilayotgan yangi tizim yordamida mavjud nizolarni dastlab bojxona organlarida hal etish va bu orqali sudda ko‘rilayotgan nizolarni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirishga erishiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024