Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadan Sergeliga o‘tkazilgan obyektlar soni ma'lum qilindi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga qator ijtimoiy obektlar o‘tkazildi. Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.
Xususan, o‘tkazilgan obyektlar orasida mahallalar soni 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta, ko‘p qavatli turar joylardagi xonadonlar – 335 ta, yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 taga teng bo‘ldi.
Bundan tashqari, noturar joylar – 535 ta, maktablar – 7 ta, maktabgacha ta'lim muassasalari – 5 ta, diniy muassasalar – 2 ta, qabristonlar – 4 ta, madaniyat markazlari – 1 ta va tibbiy muassasalar soni 2 tani tashkil qildi.
Qayd etilishicha, Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.