Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden yangi elektron Hummer'ni haydab ko‘rdi (video)
Foto: General Motors
AQSh prezidenti Jo Bayden General Motors kompaniyasining Detroytdagi yangi GM Factory Zero zavodi ochilishida ishtirok etdi. Bu marosim davomida Bayden kompaniya ishlab chiqargan yangi elektron Hummer pikapini haydab ko‘rdi. Baydenga GM bosh direktori Meri Barra va tansoqchisi hamrohlik qildi.
Bayden test-drayv uchun mo‘ljallangan maydoncha kichik bo‘lishiga qaramay, mashinani ishonch bilan boshqarib, keskin harakatlarni ham amalga oshirdi. AQSh prezidenti yangi Hummer'dagi maxsus Crabwalk rejimini ham sinab ko‘rdi. Bu rejimda mashinaning to‘rtta g‘ildiragi birdaniga buriladi. Bu tor joylarda mashinani burib olishda qulaylik yaratadi.
«Bu pikap mendagi Corvette'dan uch baravar og‘ir, lekin ancha tezkor. Hummer – juda zo‘r mashina», deb Baydenning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Elektrlashtirilgan GMC Hummer EV 2020 yil yakunida namoyish qilingandi. Mashinaning eng zo‘r versiyasi umumiy ming ot kuchiga ega uchta agregatdan iborat. Mashinaning akkumulyatori bir to‘ldirilganda 550 km harakatlanish uchun yetarli bo‘ladi. Mashinaning narxi hozircha 110 ming dollarga baholangan va keyinchalik arzonlashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
00:19 / 07.11.2025
Prezident GM rahbari bilan mahsulot turlarini kengaytirishni muhokama qildi
21:32 / 11.10.2025
Jo Bayden saraton kasalligini davolashning yangi kursini boshladi
00:40 / 25.09.2025