Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning uy sotib olish ko‘rsatkichlari qariyb 12 foizga oshdi
Oktabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,6 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan. Bu sentabr oyiga (19,3 ming) nisbatan 9,5 foizga ko‘p.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,6 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan. Bu sentabr oyiga (19,3 ming) nisbatan 11,7 foizga ko‘p. Shu bilan birga, 2020 yilning mos davriga (19,7 ming) nisbatan o‘sish 9,5 foizni tashkil etmoqda.
2021 yilda ko‘chmas mulk bo‘yicha maksimal faoliyat avgust oyiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga sentabr oyiga nisbatan barcha hududlarda o‘sish kuzatilgan.
Xususan, ko‘chmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori o‘sish sur'atlari Andijon (30,5 foiz), Xorazm (25,4 foiz), Navoiy (22,2 foiz) viloyatlarida, eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo (5,7 foiz), Toshkent (8,4 foiz) viloyatlarida va Toshkent (7,5 foiz) shahrida qayd etilgan.
Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni ko‘payishining asosiy sabablari sifatida pandemiya inqirozidan keyin aholi sotib olish qobiliyatining tiklana boshlashi keltirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida yig‘im-terim mavsumining oxiri va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan daromad olish bilan bog‘liqligi aytib o‘tilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
09:46 / 26.05.2026