Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, joriy yilning oktabr oyida Özbekistonda köçmas mulk oldi-sotdisi böyiça 21,6 mingta şartnoma rasmiylaştirilgan. Bu sentabr oyiga (19,3 ming) nisbatan 11,7 foizga köp. Şu bilan birga, 2020 yilning mos davriga (19,7 ming) nisbatan ösiş 9,5 foizni taşkil etmoqda.
2021 yilda köçmas mulk böyiça maksimal faoliyat avgust oyiga töğri kelgan.
Şu bilan birga sentabr oyiga nisbatan barça hududlarda ösiş kuzatilgan.
Xususan, köçmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori ösiş sur'atlari Andijon (30,5 foiz), Xorazm (25,4 foiz), Navoiy (22,2 foiz) viloyatlarida, eng past körsatkiç esa Surxondaryo (5,7 foiz), Toşkent (8,4 foiz) viloyatlarida va Toşkent (7,5 foiz) şahrida qayd etilgan.
Köçmas mulk bozorida bitimlar soni köpayişining asosiy sabablari sifatida pandemiya inqirozidan keyin aholi sotib oliş qobiliyatining tiklana boşlaşi keltirilgan bölib, bu öz navbatida yiğim-terim mavsumining oxiri va qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari tomonidan daromad oliş bilan boğliqligi aytib ötilgan.












