Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 722 tonna ko‘mir kamomadiga yo‘l qo‘yganlarga jinoiy ish ochildi
Xatirchi tumanida 216,9 mln so‘mlik ko‘mir kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan “Ko‘mirta'minot” MChJning Xatirchi ko‘mir omborida 2021 yil 3 noyabr holatiga ko‘mir mahsulotining qoldig‘ini aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida ombor mudiri A.A. va boshqalar tuman aholisi uchun imtiyozli narxlarda sotilishi lozim bo‘lgan 216,9 mln so‘mlik “BR” markali 722,4 tonna ko‘mir kamomadiga yo‘l qo‘yganliklari aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 2,3 kg sof quyma oltinni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026