Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rivojlanish dasturi O‘zbekistonning olis tog‘ qishloqlarini suv bilan ta'minlaydi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish Dasturi o‘zining “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillik uchun muhim bo‘lgan hududlarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va hal qiluvchi tog‘li hududlarda o‘rmonlarni boshqarish” nomli Texnik ko‘mak Dasturi doirasida olis – borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarning sug‘orish suv ta'minotini yaxshilashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Foto: BMTRD
Barcha ishlarni amalga oshirish uchun loyixaning pilot xududlari bo‘lgan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan o‘z ichiga 18 qishloqlardan iborat bo‘lgan 4 ta maxalladagi sug‘orish tizimini yaxshilash, ayrim xududlarda esa yaratish uchun uchun suv ta'minoti tizimi o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Pskom MFY tarkibiga kiruvchi Pskom, Quruqsoy, Chakak qishloqlari va Parkent tumani Yangi Sanganak maxallasi hamda Qashqadaryo viloyatining Xisorak MFY ga qarashli Tamshush va Hisorak qishloqlari hamda Xisor MFYga qarashli Chuqur qishloqlarida sug‘orish suv ta'minoti uchun quvur yotqizish zarurligi aniqlandi.
Mazkur qishloqlar seraholi xududlar bo‘lib, aholining asosiy daromadi chorvachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik va sabzavot yetishtirishdir. Bu qishloqlarda suv ta'minoti taqchil bo‘lib, o‘sha hududdan oqadigan daryo o‘zanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri, qo‘lbola usulda ariqlar qazib o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilardi. Mavsumiy suv toshqinlari, tog‘ ko‘chkilar ushbu xudud uchun xos xolat bo‘lganligi bois qishloq ahli har yili hashar yo‘li bilan bu ariqlarni tozalaydi. Shu sabab odamlar suvni daryolardan tashishga majbur edi.
Endilikda amalga oshirilgan ishlar tufayli mazkur qishloqlarda suv ta'minoti bilan bog‘liq vaziyat o‘zgaradi.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
22:51 / 27.11.2025