Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Tesla kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlandi
Tekshiruv Tesla kompaniyasining sifat bo‘yicha sobiq menejyeri Stiven Xenkesning shikoyat arizasidan so‘ng boshlandi.
Foto: Getty Images
AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) Tesla kompaniyasiga nisbatan surishtiruv boshladi. Bu kompaniya o‘z aksionerlari va muvofiqlashtiruvchi organlarni quyosh batareyalaridagi nosozliklar tufayli yonish xavfi mavjudligi to‘g‘risida ogohlantirmagani bilan bog‘liq, deb yozadi Reuters.
Tekshiruv Tesla kompaniyasining sifat bo‘yicha sobiq menejyeri Stiven Xenkesning shikoyat arizasidan so‘ng boshlandi. Xenkes o‘z arizasida Tesla va uning SolarCity energetika shu'ba kompaniyasi quyosh panellaridagi nosozliklar tufayli yonish xavfi borligi haqida aksionerlarga ma'lum qilmaganini bildirgan.
Xenkes Tesla rahbariyatini yonish xavfi bor quyosh panellarini o‘chirish zarurligi haqida xabardor qilganini aytgan. Ammo kompaniyadagilar uning so‘rovini rad etgan. 2020 yil avgustda Xenkes ishdan bo‘shatilgan, shundan so‘ng u kompaniyani sudga bergan.
Uning arizasiga ko‘ra, quyosh panellari xavfsizlik tizimidagi nosozliklardan 60 mingdan ortiq mijoz va 500ta korxona zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
20:28 / 07.11.2025
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskka bir trillion dollarlik bonus berishga rozi bo‘ldi
20:28 / 03.11.2025
Tesla’ning sobiq rahbari Xitoyda yangi odamsimon robotni taqdim etdi
17:47 / 05.10.2025