O‘zbekiston | 07:37 / 08.12.2021
25563
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligi xodimlari ish joyida do‘ppi kiyishni boshladi 

Endilikda Madaniyat vazirligi xodimlari odatdagi ish kunida o‘zbek milliy bosh kiyimi sanalgan do‘ppi kiyishadi. Bu haqda vazir Ozodbek Nazarbekov ma'lum qildi.

Madaniyat vazirining ta'kidlashicha, mazkur tashabbus orqali milliy an'analar targ‘ib etishda namuna ko‘rsatish maqsad qilingan.

“Do‘ppi, beqasam to‘n, shoyi belbog‘ kabi xalqimizning milliy liboslari bugungi kunda ham o‘z qadrini, bahosini yo‘qotmagan”, deyiladi Ozodbek Nazarbekovning ma'lumotida.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligi “ana shu qadriyatlarga sadoqat bilan qarab, milliy an'analarni targ‘ib etish uchun yangi tashabbusni boshladi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid