11:11 / 10.12.2021
2150

Samarqandda fuqaroni ishga kiritib qo‘yishini aytib pora olgan tibbiyot xodimlari ushlandi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib pora olgan tibbiyot xodimlari ushlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tibbiyot sohasida poraxo‘rlik jinoyatiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari A.Sh., A.D. va A.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini ijobiy hal qilib berishni va'da berib, undan 1 300 AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda tibbiyot birlashmasi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top