O‘zbekiston | 08:03 / 15.12.2021
14714
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarning Umra safari tiklanishi kutilyapti

Joriy yilning 1-9 dekabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini tashkil qilish bo‘yicha xizmat safarida bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Delegatsiya butun dunyoda qo‘llanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi

“Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabarida.

Karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratchilarni xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalarga rioya etish unchalik katta bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘larni talab etishi mumkin. 

Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez orada ma’lum qilinishi aytilgan. 

Mavzuga oid