«Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Diniy idora Fatvo bo‘limining tushuntirishicha, milodiy sana oylari 30 yo 31 kunlik bo‘lgani kabi Ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, Ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi, deb hukm chiqarish aslo to‘g‘ri emas.

Foto: Shutterstock
Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekistonda, ulamolarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yildagi Ramazon oyi 29 kunda yakunlanmoqda. Shu sababli O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 30 mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, diniy idora Fatvo bo‘limi 29 kunlik ro‘za tutishning hukmi haqida tushuntirish berdi.
Dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda amal qilinadigan hijriy-qamariy taqvim oyning falakdagi harakatiga asoslanadi. Hilol (yangi oy) ko‘ringandan keyingi kun yangi oyning birinchi kuni hisoblanadi.
«Hijriy-qamariy oylar 29 yoki 30 kun bo‘ladi. Shu sababli hijriy-qamariy yil 354-355 kun bo‘lib, milodiy yildan 10-11 kun kam bo‘ladi. Milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bo‘lgani kabi hijriy oylar, jumladan, Ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo‘lishi mumkin. Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik bo‘lsa, hijriy oylar hilolning yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun qaysi oy necha kunlik bo‘lishi oyning ko‘rinishiga qarab aniqlanadi…
Islom dini ta’limotlarida muborak Ramazon oyi va hayiti kunini belgilashda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning «Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar va yangi oyni ko‘rib hayit qilinglar», degan hadisi shariflari asos qilib olingan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam oxiratga rihlat qilgunlariga qadar to‘qqiz yil Ramazon ro‘zasini tutganlar. Shulardan aksarida yigirma to‘qqiz kunlik, ozrog‘ida o‘ttiz kunlik bo‘lgan. Bu borada Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda zikr qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida 29 kun tutgan ro‘zamiz 30 kun tutganimizdan ko‘proq edi» (Imom Ahmad rivoyati).
Demak, Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi va o‘sha mukammal ro‘za hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hech kim o‘zicha Ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi, deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir.
Ramazon oyi 29 kunlik bo‘lib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal ro‘za tutgan bo‘lamiz», deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bayonotida.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 30 mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
Mavzuga oid

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

16:13 / 09.03.2025
YHXBB Ramazon oyi munosabati bilan fuqarolarga murojaat qildi

13:12 / 26.08.2024
Umra mavsumi 10 sentabrdan boshlanadi

09:42 / 09.05.2024