O‘zbekiston | 14:18 / 17.12.2021
2128
2 daqiqa o‘qiladi

USAID O‘zbekistonga sil kasalligini tekshiruvchi 30ta uskuna hadya qildi

16 dekabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston xalqiga tuberkulyoz kasalligini tekshiruvchi 30 ta ilg‘or apparatlarini sovg‘a qildi. 

Foto: USAID

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tgan marosimda USAIDning O‘zbekistondagi Missiyasi direktori Mikayela Meredit qiymati 381 ming dollarlik uskunalarni Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirovga topshirdi. 

USAID tomonidan taqdim etilgan GeneXpert uskunasi innovatsion texnologiyasi, molekulyar testlarni misli ko‘rilmagan tezlik va foydalanishda yengilligi bilan hamma uchun qulay keladi. Analoglari mavjud bo‘lmagan, foydalanish uchun qulay uskunalar birlamchi tibbiyot tizimi ishini sezilarli darajada osonlashtiradi va shu bilan birga soha mutaxassislariga tuberkulyozning molekulyar-genetik diagnostikasini tez sur’atda va aniqlik bilan o‘tkazishga imkon beradi. 

Foto: USAID

GeneXpert diagnostika usulida tuberkulyozni davolashda ko‘p ishlatiladigan antibiotiklarda biri – rifampisinga tuberkulyoz mikobakteriyasining turg‘unligi aniqlanadi. Bu shifokorlarga ma’lum bemorni davolash uchun haqiqatdan ham samarali dori vositasini tanlash imkonini beradi. 

Foto: USAID

Tadbir davomida Mikayela Meredit shunday dedi: “Bugungi tadbir USAID va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqada sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha davomiy hamkorlikning timsolidir. Biz O‘zbekiston hukumati tuberkulyoz kasalligini 2050 yilgacha yo‘q qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olganini olqishlaymiz, bu qadam hukumatning 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan tuberkulyoz kasalligiga qarshi yangi Milliy Strategiyasida ko‘rsatilgan bo‘lib, 2025 yilgacha tuberkulyoz bilan kasallanish darajasini 50 foizga va kasallikdan o‘lim sonini 75 foizga kamaytirishdir.  Birgalikda biz O‘zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligini oshirishga erishamiz”.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid