Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada ichida Ilon Maskning manekeni bo‘lgan Tesla avtomobili portlatildi
Avtomobil ishlab chiqarilganiga sakkiz yil bo‘lgani sababli unga kafolat xizmati ko‘rsatilmasligi, akkumulyatorni almashtirish 20 ming yevroga tushishini bilganidan so‘ng Tesla egasi uni portlatishga qaror qilgan.
Finlandiyada 2013 yilda ishlab chiqarilgan Tesla Model S egasi akkumulyator almashtirish narxini bilganidan so‘ng avtomobilini portlatishga qaror qildi, deb yozadi Insideevs.
Xabarda aytilishicha, jihozlar panelida xatolar paydo bo‘lganidan so‘ng avtomobil egasi uni servis markaziga topshirgan. Markazda avtomobilni sozlash uchun akkumulyatorni almashtirish shartligini ma’lum qilishgan.
Avtomobil ishlab chiqarilganiga sakkiz yil bo‘lgani sababli unga kafolat xizmati ko‘rsatilmasligi, akkumulyatorni almashtirish esa 20 ming yevroga tushishini bilganidan so‘ng Tesla egasi uni portlatishga qaror qilgan.
Xabarda aytilishicha, avtomobilni portlatish uchun 30 kilo dinamitdan foydalanilgan va mashina egasi jarayonni videoga olgan. Portlatish vaqtida avtomobil ichida Tesla bosh direktori Ilon Maskning manekeni bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:42
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
07:48 / 24.05.2026