Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy hokkey ligasi o‘yinchilari Pekin Olimpiadasiga bormaydigan bo‘ldi
AQSh va Kanada hokkey klublari ishtirok etuvchi Milliy hokkey ligasi o‘yinchilari 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. Bu haqda liga rasman e’lon qildi.
Avvalroq ESPN telekanali manbalarga tayanib, liga o‘z o‘yinchilari uyushmasi bilan hokkeychilarning Olimpiadada ishtirok etmasligiga kelishib olganini ma’lum qilgandi.
Ta’kidlanishicha, bunga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lishi mumkin. Avvalroq MHL klublarida koronavirus avj olgani sababli 50 ta o‘yin qoldirilgandi, 21 dekabrda esa mavsum Rojdestvodagi tanaffusgacha to‘xtatib qo‘yildi.
“MHL Olimpiada vaqtida tanaffus olinmasligini e’lon qiladi. Liga o‘yinchilari Pekindagi 2022 yilgi qishki Olimpiadada ishtirok eta olmaydi”, deb aytilgan liganing Twitter’dagi xabarida.
Liga hokkeychilari 2016 yil Pxenchxanda o‘tgan Olimpiadada ham ishtirok etmagandi. Ularning 2022 va 2026 yillardagi Olimpiadalarda ishtirok etishlari mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgandi.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026