Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishi shartini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgani, biroq hammasi sog‘lig‘i holatiga bog‘liq bo‘lishini aytdi.
“Ha”, deb javob bergan ABC News telekanali boshlovchisining tegishli savoliga javoban AQSh prezidenti.
“Men taqdirni juda hurmat qilaman. U mening hayotimga ko‘p marta aralashgan, ko‘p marta. Agar hozirdagidek sog‘lom bo‘lsam, unda yana saylovlarga nomzodimni qo‘yaman”, deb aytgan Oq uy rahbari.
Bayden sobiq prezidenti Donald Tramp navbatdagi saylovlarga nomzodini ilgari sursa, unda bu o‘zining saylovlarda ishtirok etishi imkoniyatini oshirishini aytgan.
79 yoshli Bayden AQSh prezidenti lavozimini bajarishga 78 yoshida kirishgan va mamlakat tarixida ushbu lavozimni egallagan eng keksa odamga aylangan.
Bayden 2020 yilgi prezident saylovlaridagi g‘alabasigacha ikki marta – 1988 va 2008 yillarda prezidentlikka nomzodini ilgari surgan. Biroq ikkala holatda ham u saylovlardan o‘z nomzodini olgan.
Hozirda Tramp 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini e’lon qilmagan bo‘lsa-da, u ham bunday imkoniyatni istisno etmayapti.
Noyabrda Baydenning shaxsiy shifokori prezident o‘z vazifalarini yaxshi uddalay oladigan holatda ekanini ma’lum qilgan.
“Prezident Bayden g‘ayratli 78 yoshli erkak bo‘lib qolmoqda. U o‘z prezident vakolatlarini, jumladan, ijrochi hokimiyat rahbari, davlat rahbari va bosh qo‘mondon vazifalarini bajara oladi”, deb aytilgan shifokorlar xulosasida.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024