O‘zbekiston | 11:03 / 24.12.2021
2039
2 daqiqa o‘qiladi

Urgut kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. 6ta do‘kon yonib ketdi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda oltita do‘kon yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 24 dekabr kuni soat 09:10da Urgut tumani “Mergancha” MFY hududida joylashgan Urgut kiyim-kechak bozorining 6ta do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga viloyat FVBdan 6ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 09:27da qurshab olinib, 10:14da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inda hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Faqat savdo do‘konlarining 100 metr kvadrat maydoni yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olingan.

Mavzuga oid