Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi böyoq zavodida sodir bölgan yonğin yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy izoh berdi. 

“Erkin” MFYda joylaşgan böyoq işlab çiqariş sexi binosida çiqqan yonğin haqida 10 sentabr, soat 14:15 da viloyat FVBga xabar berilgan. 

“Yonğin öçiriş ekipajlari tezkorlik bilan yetib borişgan, ayni vaqtda yonğinni öçiriş  işlari bajarilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanişiça, yonğin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar töğrisida xabar kelib tuşmagan.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda mas’ul taşkilotlarning vakillari çiqqan.