Samarqand viloyati Bulunğur tumanida joylaşgan «Bulunğur buyum savdo kompleksi» MÇJda sodir bölgan yonğin oqibatida jami 20 ta dökon yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça 31 avgust kuni soat 23:16larda Bulunğur tumani «A.Temur» MFY Bulunğur şohköçasida joylaşgan, «Bulunğur buyum savdo kompleks» MÇJga qaraşli ikki qavatli savdo dökonlarida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

Şundan söng yonğin sodir bölayotgan joyga 10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yonğin soat 01:26 da batamom öçirilgan.

Yonğin natijasida binoning ikkinçi qavatida bölgan, «Bulunğur buyum savdo kompleks» MÇJga qaraşli 5 ta va unga tutaş bölgan 15 ta savdo dökonlari yonib ketgan.

Qayd etilişiça, hodisa oqibatida halok bölganlar yöq. Hozirda, yonğinning kelib çiqiş sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Uşbu xodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.