Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodirbek Abdusattorov: “O‘yinning katta qismi teng kurash ostida o‘tdi”
Varshavada o‘tayotgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etgan Nodirbek Abdusattorov partiyadan keyin qisqa intervyu berdi.
“Menga biroz omad kulib boqdi. Chunki u shunchaki durang holatiga ham tushib qolishi mumkin edi. Umuman olganda o‘yin vaqtining katta qismi anchagina teng kurash ostida o‘tdi”, – dedi o‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi.
Nodirbek jahon chempionini har kuni ham yutavermasligi va g‘alabadan keyin o‘zini qanday his qilayotgani haqidagi savolga ham bosiqlik bilan javob berdi: “Musobaqa hali tugagani yo‘q. Men keyingi partiyalarga diqqat qaratyapman”.
Jurnalist uning Magnus Karlsenga qarshi dona surishidan oldin qanday uxlagani bilan qiziqdi. “Yaxshi uxladim. To‘g‘ri, biroz ertaroq uyg‘ondim”, – deya javob berdi grossmeyster.
28 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik raqibini 10-turda mag‘lub etgan bo‘lsa, 11-turda rossiyalik Vladimir Fedoseyev bilan durang qayd etdi.
Finishga ikki tur qolganda turnir jadvali yetakchilari – Nodirbek va Yan Nepomnyashiy hisobida 8,5 ochkodan bor.
Nodirbekning navbatdagi raqibi – 15 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju.
Mavzuga oid
07:25 / 10.03.2026
Eng ko‘p shaxmat grossmeysterlariga ega top-10 mamlakat
21:22 / 16.02.2026
Nodirbek Abdusattorov fristayl-shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
08:55 / 10.02.2026
Ikki o‘zbek grossmeysteri mukofot pullari bo‘yicha dunyo top-10ligiga kirdi
20:20 / 01.02.2026