Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Germaniyaning «OPASCA GmbH» kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
Onlayn-tadbirda O‘zbekistonda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. O‘zbekistonliklarni Germaniyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Bandlik va mehnat munosabatlari va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda «OPASCA GmbH» kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnoma doirasida fuqarolarni tibbiyot sohasining hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha ishga yuborish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026