Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla'ning 500 mingga yaqin mashinasi nosozligi sabab zavodga qaytarildi
AQShning Tesla kompaniyasi 500 mingga yaqin Model 3 va Model S elektrokarlarini yukxona va kapotdagi muammolar sababli ortga chaqirtirib oladi. Bu haqda kompaniyaning AQShning yo‘llardagi harakat xavfsizligi boshqarmasiga (NHTSA) yo‘llagan maktubiga tayanib Barron’s nashri xabar berdi.
Kompaniya NHTSA’ni 2017—2020 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3 va 2014-2021 yillarda ishlab chiqarilgan Model S avtomobillarida yukxona va kapotning ochib-yopilishida muammolar borligidan xabardor qilgan.
Tesla’da ta’kidlanishicha, 355 mingdan ko‘proq Model 3’da yukxona ochib-yopilganda ortni ko‘rish kameralari simlari shikastlanishi mumkin. Bu monitorga kameradan signallarni uzatishda muammo keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, 120 mingga yaqin Model S’da kapotni yopuvchi lo‘kidon o‘z joyidan siljishi ehtimoli mavjud. Bu esa harakat vaqtida mashina kapoti ochilib ketishiga olib keladi.
Maktubda ta’kidlanishicha, ushbu ikki nosozlik ham avtohalokat yuz berishi ehtimolini oshiradi. Kompaniya ortga qaytarilayotgan mashinalarni tekshirib, nuqsonlar topilsa, ularni bartaraf etishini aytgan.
Mavzuga oid
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
10:07 / 30.01.2026