Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto va video)
Saudiya Arabistoni shimolidagi Tobuk tog‘larida qor yog‘di. Qorning suratlarini mahalliy aholi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylamoqda. Mamlakatda 2018 yildan buyon bunaqa ko‘p qor yog‘magan.
Saudiyada ko‘p kuzatilmaydigan voqeani kuzatish uchun ko‘plab sayyohlar tashrif buyurgan. Hatto Qatardan qorni suratga olgani borishgan. Tobukda deyarli har yili qor yog‘adi va odamlar uni tomosha qilgani olis hududlardan tashrif buyuradi. Bu yil kovid cheklovlari sabab tomoshabinlar kam bo‘lgan.
Qatarlik sayyohlardan birining aytishicha, tanishlariga Saudiyada yog‘gan qorning suratlarini yuborganda, ular ishonishmagan. Shu kunlarda Saudiyada havo xarorati 0 darajaga yetgan va yana pastlashi kutilyapti. Milliy meteorologiya xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatning boshqa hududlari, xususan, Madinada ham qor yog‘ishi mumkin.
Mavzuga oid
07:09
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026