Surxondaryoda fuqaroning tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 18 dekabr kuni Denov tuman IIB tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning Yangihayot mahallasida yashovchi, B.Barno tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
B.Barnoning arizasiga ko‘ra, 2021 yil fevral oyida, Denov tumani Jamatak mahallasida yashovchi, B.Imona uning ishonchiga kirib tilla taqinchoqlarini sotib pullarni olib kelib berishni va’da qilib, undan 65 gramm tilla taqinchoqlarini jami 35 million 750 ming so‘m pulga hisoblab olib ketgan. So‘ng tilla taqinchoqlarini va pullarni qaytarmasdan, ularni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 18 dekabr kuni B.Imonaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:40 / 26.09.2024
NYT: Nyu York meriga nisbatan jinoiy ayblov e’lon qilindi
10:35 / 13.07.2024
“Allianse Motors” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:25 / 07.07.2024
Navoiyda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – Bosh prokuratura
10:57 / 29.06.2024