Avvalroq, Kun.uz’da Navoiy şahrida voyaga yetmagan qizni bir neçta yigit zörlagani, ular orasida şu işni tergov qilgan tergovçi ham borligi va u qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Boş prokuratura holat yuzasidan bayonot berdi. Unga köra, Navoiy şahar prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan qiz bilan boğliq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi (16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoki mulkiy yoxud boşqaça tarzda manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxs qamoqqa olingan. Sodir etilgan qilmiş jinsiy jinoyatlar toifasiga tegişli bölgani sababli boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, deyiladi bayonotda.
Kun.uz’ga yetib kelgan sud hujjatlariga köra, 2023 yilning dekabr oyida Navoiy şahrida joylaşgan muzqaymoq şoxobçasi yertölasida bir neçta yigit 2008 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan qizni navbati bilan zörlagan. Ayblangan yigitlarning eng kattasi 23, eng kiçigi esa 18 yoşda.
Navbahor tumanida yaşovçi, öşa vaqtda maktab öquvçisi bölgan 18 yoşli yigit Navoiy şahridagi istirohat boğida örnatilgan attraksionda erkin yollanma işçi bölib işlagan.
2023 yil 4 dekabr kuni soat 21:00lar atrofida uning yoniga oldindan taniş bölgan voyaga yetmagan qiz kelgan. Ular biroz gaplaşib turgaç, yigit qizni attraksion yonidagi yertölaga olib tuşgan va u bilan ğayritabiiy usulda jinsiy aloqada bölgan.
Söng yertölaga navbati bilan yana uçta yigit kirib çiqqan. Yana bir yigit qizni tergov davomida aniqlaşning imkoni bölmagan manzilga olib borib, öşa yerda bir neça kun birga yaşagan hamda u bilan jinsiy aloqada bölgan. Holat yuzasidan 6 nafar yigitga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2024 yil 7 iyundagi hukmi bilan yigitlarning uçtasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandida (takroran, xavfli retsidivist tomonidan ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş), ikkitasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvçilarning ikki nafariga 3,5 yil, bir nafariga 4,5 yil va bir nafariga 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.











