Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 oktyabr kuni, Denov tumani Totuvlik mahallasida yashovchi, D.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 9 sentyabr kuni noma'lum shaxs yashash uyidan 3 turdagi umumiy qiymati 6 million 732 ming so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni D.A.ning mahalladoshi Ch.O. sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 16 oktyabr kuni Denov tumani IIB tomonidan Ch.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.