Toşkent şahridagi “Allianse Motors” MÇJ mansabdorlari firibgarlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamuddinov ma’lum qildi.

Unga köra, Toşkent şahridagi avtosalon mas’ullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va boşqa moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jamiyat mansabdor şaxslari 19 nafar fuqaroga avtomaşina olib kelib beriş haqida yolğon va’dalar berib, 6 mlrd 169 mln söm tölov pulini özlarining ehtiyojlari uçun sarflab yuborişgani aniqlangan.

Oldinroq Kun.uz’ga murojaat qilgan bir neçta fuqaro poytaxtdagi avtosalonga pul tölab, maşina ololmayotganini ma’lum qilgandi.

Ular murojaatida Toşkent şahridagi “Allianse Motors” MÇJ mijozlar bilan şartnoma tuzib, maşinalarni vaqtida keltirib bermagani hamda ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtoransport vositasining hujjatini töğrilab bermasdan ovora qilayotganini bildirişgan

Statistika agentligi oçiq ma’lumotlariga köra, 2021 yil dekabr oyida davlat röyxatidan ötkazilgan “Allianse Motors” MÇJ Davlatbek Narziyevga tegişli.

Eslatib ötamiz, joriy yil mart oyi oxirida «avtomaşinalarni 3 oy muddat içida avtosalondan çiqarib, yetkazib beriş»ni aytib, 74 nafar fuqaroning 6,1 mlrd sömlik pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan Toşkent şahridagi My Cars avtosaloni egalari qamalgandi.

Oradan köp ötmay, elektromobillar savdosi bilan şuğullanuvçi 4 ta avtosalon egalari özaro til biriktirgan holda, yuzlab odamlarning işonçiga kirib, 200 dollar evaziga ularning nomiga kredit çiqartirgani hamda 2 oy içida kreditni uzib berişni va’da qilgani hamda milliardlab summalarni özlaştirgani aniqlandi.