Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziqovqat.com sayti YouTube’da faoliyat boshladi
Oziqovqat.com — asosan fermerlar va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan innovatsion platforma bo‘lib, endilikda sayt YouTube ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z kanali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Kanalda O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli biznes egalari faoliyati mukammal tarzda yoritib boriladi. Kanal orqali sohaga endigina kirib kelayotgan, tajribali mutaxassislar fikriga muhtoj, omadli tadbirkor bo‘lishni istagan biznesmenlar o‘zlariga kerakli barcha tavsiyalarni olishlari mumkin.
Oziqovqat.com’ning YouTube’dagi ilk ko‘rsatuvi Bonanza, Zo’rbanan va Bananjon brendlari asoschisi Ahmadjon Hamidov bilan bo‘ldi. O‘z tadbirkorligini bundan 30 yil avval 2 kilogramm banandan boshlangan biznes egasi bugungi kunda oyiga 2500 tonna bananni O‘zbekiston bozorlariga yetkazib bermoqda. Shuningdek, ko‘rsatuvda koronavirusning banandan tarqalganligi haqidagi mish-mishlarga ham oydinlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, Oziqovqat.com orqali O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat bozorlari, qishloq xo‘jaligi va O‘zbekistonning agrar sektori bilan bog‘liq turdosh sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchilar – fermerlar, chorvadorlar hamda O‘zbekistonning turli shaharlaridagi manfaatdor mijozlarga ulgurji va chakana tarzda sotish hamda xarid qilish imkoniyati yaratilgan. Unda turli oziq-ovqat mahsulotlari, o‘ramlar, uskunalar va boshqa tovarlarni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini sotishlari mumkin. Hozirga qadar Oziqovqat.com ilovasi va sayti ishga tushirilgan edi.
Mavzuga oid
18:37 / 03.03.2022
“Kuniga 100 tonna yog‘ ishlab chiqara olamiz” - Sharq brendi bilan tanishuv
16:59 / 27.02.2022
Mahsulotingizga 12 ta viloyatdan mijoz topib beramiz!
09:00 / 24.02.2022
Mahsulotingizga 12 ta viloyatdan mijoz topib beramiz!
15:30 / 14.02.2022