Yoğ-moy Özbekiston aholisi uçun eng ommabop va köp iste’mol qilinadigan oziq-ovqat turiga kiradi. TOP OZIQOVQAT’ning navbatdagi sonida salomatlik uçun foydali va hamyonbop yoğ tanlaş borasida tavsiyalar oliş mumkin.

 Oziq-ovqat işlab çiqaruvçi tadbirkorlar uçun möljallangan innovatsion platforma TOP OZIQOVQAT bu safar yurtimizdagi eng katta yoğ-moy işlab çiqaruvçilardan biri “Sharq” brendi faoliyatiga e’tibor qaratdi.

Azaldan paxta yoğidan foydalanib kelgan bekalar yana öz tanlovlariga qaytişmoqda. Çunki sönggi ilğor texnologiyalar asosida paxta yoğini ham pista yoği kabi hidsiz va tozalangan holda taqdim etayotgan tadbirkorlar safi kengaymoqda. Ulardan biri “Sharq” paxta yoğlari işlab çiqarişni yölga qöygan tadbirkor A’lo Şoahmedov bu turdagi paxta yoğlari 6 yildan beri iste’molda ekanini aytdi. Korxonada yoğdan taşqari margarin, xöjalik sovuni, yem mahsulotlari ham işlab çiqariladi.

“Korxonamizda “Sharq” paxta yoği 0,7 grammdan tortib 5 litrli idişlarda qadoqlanadi. Bir kunda 100 tonnagaça yoğ işlab çiqariladi. Mahsulotni tayyorlaş jarayoni boşdan oxirigaça şu yerning özida amalga oşiriladi.

Paxta yoği iste’molda kamayişiga ayrim yoğ mahsulotlari işlab çiqaruvçilar sabab böldi. Paxta yoği tayyorlaş jarayonida uning tozalanişiga e’tibor qaratiş zarur. Barça me’yorlarga amal qilinmagan hollarda paxta yoği iste’mol qilinganda jiğildon qaynaşi kuzatilişi mumkin. Bu esa mijozning yoğ xaridida boşqa tanlov qilişiga sabab böladi”, — deydi u.

Tadbirkorning aytişiça, töğri yöl bilan olingan va tozalangan paxta yoği pista yoğiga nisbatan foydalidir. Iste’molçiga noqulaylik tuğdirmaslik uçun paxta yoğini oliş va qadoqlaş jarayonida uni hidsizlantiriş hamda tozalaş katta e’tibor talab qiladi. “Sharq” paxta yoği zamonaviy texnologiyalar yordamida aynan şunday tayyorlanadi.

“Mahsulotlarimiz poytaxtda, vodiy viloyatlarida, Toşkent viloyati, Samarqand viloyatlarida öz xaridorlarini topmoqda. Mijozlarimizni köpaytiriş uçun tinimsiz harakatdamiz. Nafaqat viloyat markazlari, balki çekka hududlar aholisi uçun tanilişni rejalaştirganmiz”, — deya ta’kidladi Şoahmedov.

Özbek xonadonlarida qozon qaynatişda asosiy masalliq bölgan yoğ tökinlik ramzi ham hisoblanadi. Şunday ekan, yoğ yoki boşqa mahsulotlar tanlovida adaşmaslik uçun