Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida maxsus yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. Hodisada hech kim jarohat olmagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 17 yanvar kuni soat 16:55 larda Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 195-kilometrida Vodiy - Toshkent yo‘nalishida harakatlangan HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi kyuvetga ag‘darilib, yonboshlab qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 2 mexanizatsiyalashgan nazorat-kuzatuv guruhidan 4 nafar qutqaruvchi, “Chinor” YPX maskani va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari yetib borib, hamkorlikda, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.
Qayd etilishicha, mashina yuksiz harakatlangan va unda haydovchi hamda yana bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Mavzuga oid
09:45 / 20.12.2025
Qamchiq dovonida ob-havo yomonlashdi: haydovchilardan ehtiyot bo‘lish so‘raldi
08:50 / 15.12.2025
Qamchiq dovonida FVVning rejalashtirilgan kompleks mashqlari bo‘lib o‘tadi
15:10 / 11.12.2025
Qamchiqda 16 yoshli qiz osma dor yo‘lidan qulab tushdi
09:30 / 10.12.2025