Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Best-2021. FIFA yilning eng yaxshilarini e’lon qildi
FIFA 17 yanvar kuni onlayn-formatda o‘tkazilgan tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2021 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.
«Bavariya» klubi va Polsha milliy jamoasi hujumchisi Robert Levandovski qatorasiga ikkinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Barcha nominatsiyalar:
Eng yaxshi o‘yinchi – Robert Levandovski («Bavariya» / Polsha);
Eng yaxshi murabbiy – Tomas Tuxel («Chelsi» / Germaniya);
Eng yaxshi darvozabon – Eduar Mendi («Chelsi» / Senegal);
Eng chiroyli gol muallifi – Erik Lamela («Tottenhem», «Sevilya» / Argentina);
Fair Play sovrini – Daniya milliy jamoasi o‘yinchilari va shifokorlari;
«Eng yaxshi muxlislar» — daniyalik va finlandiyalik muxlislar;
Ramziy terma jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:
Darvozabon — Janluiji Donnarumma («PSJ» / Italiya);
Himoyachilar — David Alaba («Real» / Avstriya), Leonardo Bonuchchi («Yuventus» / Italiya), Ruben Diash («Manchester Siti» / Portugaliya);
Yarimhimoyachilar — Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Jorjino («Chelsi» / Italiya), Ngolo Kante («Chelsi» / Fransiya);
Hujumchilar — Krishtianu Ronaldu («MYu» / Portugaliya), Robert Levandovski («Bavariya» / Polsha), Erling Holand («Borussiya» D / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ» / Argentina).
Mavzuga oid
22:55 / 16.12.2025
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:34 / 06.11.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 11 da’vogarni aniqladi
23:50 / 17.12.2024
Vinisius eng yaxshi futbolchi, Anchelotti eng yaxshi murabbiy. FIFA The Best 2024 g‘oliblarini e’lon qildi
02:08 / 16.01.2024