24 yanvar kuni ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin
«O‘zgidromet» 24 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 28 yanvargacha qor ko‘chish xavfi mavjud.
Mavzuga oid
16:30 / 05.10.2024
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
16:10 / 05.10.2024
6 oktyabr kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin
17:02 / 04.10.2024
Dam olish kunlari havo biroz salqinlashadi
15:50 / 03.10.2024