Jamiyat | 13:10 / 31.01.2022
61671
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda keksa odamning yuziga tepib qochgan yigitning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Foto: IIB axborot xizmati

Ko‘chada ketayotgan keksa odamning yuziga besabab tepib qochib ketgan yigitning shaxsi aniqlanib, IIBga olib kelindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Voqea 2022 yil 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda sodir bo‘lgan. IIBga ko‘ra, Samarqand shahridagi Qo‘shchinor mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.A. o‘z mahalladoshi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga, tepib hodisa joyidan qochib ketgan.

Ushbu jarayonni O‘.A.ning tanishi 2006 yilda tug‘ilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan O‘.A.ning ota-onasiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etilgan.

Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, O‘.A. sport bilan shug‘ullanib kelgan. U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit Tik-Tokchi emas, tarmoqda alohida sahifasi ham bo‘lmagan.

Mavzuga oid