Köçada ketayotgan keksa odamning yuziga besabab tepib qoçib ketgan yigitning şaxsi aniqlanib, IIBga olib kelindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Voqea 2022 yil 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda sodir bölgan. IIBga köra, Samarqand şahridagi Qöşçinor mahallasida yaşovçi 2007 yilda tuğilgan voyaga yetmagan O‘.A. öz mahalladoşi, 1968 yilda tuğilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga, tepib hodisa joyidan qoçib ketgan.

Uşbu jarayonni O‘.A.ning tanişi 2006 yilda tuğilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan O‘.A.ning ota-onasiga nisbatan örnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilmoqda. Şuningdek, bölib ötgan hodisa maktab rahbariyati iştirokida ham muhokama etilgan.

Hozirda Samarqand şahri böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

IIB axborot xizmatining qöşimça qilişiça, O‘.A. sport bilan şuğullanib kelgan. U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit Tik-Tokçi emas, tarmoqda alohida sahifasi ham bölmagan.