O‘zbekiston | 11:32 / 11.02.2022
20040
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yomg‘ir qorga aylanadi - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kunduzi 10-15 daraja iliqni, shimolda 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang kuzatiladi.

Ertaga nam va salqin havo massasining kirib kelishi mamlakat barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang kuzatiladi.

Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Ertaga, 12 fevralda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 1 fevraldan 13 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid