Kiyev Rossiya Ukrainaga bostirib kirishining hech qanday belgisi yo‘qligini bildirdi
Aleksey Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z havo hududini yopmoqchi emas, chunki bunga asos yo‘q.
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov hozirda Rossiya keng ko‘lamda Ukraina hududiga bostirib kirishining hech qanday belgisi yo‘qligini aytdi.
"Mamlakatimiz hududida mavjud xatarlarni anglab turibmiz, ammo vaziyat mutlaqo nazorat ostida. Buning ustiga, bugungi kunda Rossiya 16- yoki 17-sanada keng miqyosda hujum boshlashi belgisini ko‘rmayapmiz. Biz buni kutmayapmiz, buni ko‘rmayapmiz", - dedi Danilov.
U Ukraina razvedkasi G‘arb aytayotgan Rossiyaning "yaqin vaqt" ichida hujum qilishini ko‘rmayotganini aytdi.
Danilovning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘z havo hududini yopmoqchi emas, chunki bunga asos yo‘q.
"Samolyotlarga kelsak, bu mavzuga nuqta qo‘yamiz. Osmonimizni yopmaymiz va yopishni mo‘ljallamayapmiz va bunga hech qanday asos yo‘q", - dedi u.
Mavzuga oid
19:20
Lukashenko Ukrainani qayta tiklashga yordam taklif qildi
18:42
Rossiyada o‘zbek diasporasi yetakchisi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilinmoqda
11:40
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40