NATOning yangi boş kotibi Mark Ryutte 3 oktyabr, payşanba kuni Ukrainaga taşrif bilan keldi. «Mark Ryutte Kiyevga NATOning yangi rahbari sifatida Ukrainani qöllab-quvvatlaganini körsatiş uçun özining birinçi xorijiy taşrifi bilan keldi», — deb yozadi Bloomberg. Ryutte Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi.

Siyosatçi ittifoqçilarni Kiyevni qöllab-quvvatlaşda davom etişga işontirişini bildirdi.

1 oktyabr kuni Niderlandiya sobiq boş vaziri Mark Ryutte rasman öz lavozimiga kirişdi va Şimoliy Atlantika alyansining 14-boş kotibi böldi. U bu lavozimda Yyens Stoltenbergni almaştirdi.

Ryutte lavozimga kirişgaç, Ukrainani alyans rahbari sifatidagi ustuvor yönaliş deb atadi. Jurnalistlarning Ukrainaning NATOga kirişi va Rossiya bilan ehtimoliy tinçlik haqidagi savollariga Ryutte ehtiyotkorlik bilan javob berib, ikkalasini ham oldindan aytiş qiyinligini ta’kidladi.

NATO yangi boş kotibi Ğarbning Ukrainaga yordamini kuçaytirişga va’da berdi

NATOning yangi boş kotibi Mark Ryutte 3 oktyabr kuni Kiyevga e’lon qilinmagan taşrifi çoğida Kiyevga Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşini kuçaytirişga va’da berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan bölib ötgan qöşma brifing çoğida Ryutte yangi lavozimdagi ilk xorijiy taşrifini Kiyevga Şimoliy Atlantika alyansi Ukraina tomonida ekanini hammaga tuşuntiriş uçun amalga oşirganini ta’kidladi.

Mark Ryutte fikriça, Ukrainaning erkinlik uçun kuraşi NATOning asosiy tamoyillari va qadriyatlariga mos keladi. «Ukraina hozir NATOga har qaçongidan ham yaqinroq va bizning ittifoqimizga a’zo bölgunga qadar bu yöldan borişda davom etadi», deb işontirdi yangi boş kotib.

Ukrainaning özini himoya qiliş huquqi, Ryuttening sözlariga köra, «çegara bilan tugamaydi» va şuning uçun mamlakat Rossiya hududiga uzoq masofali Ğarb raketalarini otiş imkoniyatiga ega bölişi kerak. «Rossiya noqonuniy uruş olib bormoqda, demak, rus qiruvçilari va raketalarini Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga qarşi qöllanişidan oldin nişonga oliş hayotni saqlab qolişga yordam beradi», deb tuşuntirdi NATO boş kotibi.