Namanganda o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
U fuqaroning ishonchiga kirib, qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro S.Q. fuqaro A.ni tanishlari yordamida Qirg‘iziston Respublikasidagi tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini Andijon tibbiyot institutiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollari va 10,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi va hamshira pora olayotganda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024