Ular özaro til biriktirib, işga kiritib qöyiş evaziga fuqarodan 700 AQŞ dollari talab qilişgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Namangan viloyati perinatal markazi hamşirasi M.S. fuqaro F.ni Soğliqni saqlaş boşqarmasida işlovçi tanişi orqali Kardiologiya şifoxonasiga işga kiritib qöyiş evaziga 700 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan. Uning körsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasiga qaraşli “Maxsus zaxira bazasi” bölimi mudiri örinbosari A.A. hamşira M.S.dan 700 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.