Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Ahmad Yugnakiy mavzesida magistral suv quvuri yorilgani aytilmoqda
Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy mavzesida yirik ichimlik suvi quvuri yorilib, tonnalab suv isrof bo‘lmoqda. Kun.uz'ga xabar qilgan fuqaroning aytishicha, diametri 1200 mm bo‘lgan quvurdan bir necha kundan beri ichimlik suvi behuda oqib yotibdi. Mas’ullar avariya bo‘lgan joyga kelib, quvurning yorilgan joyini topa olmagani aytilmoqda.
“Men yo‘lovchiman, kunda-kunora shu yerdan o‘tib, ayanchli ahvolning guvohi bo‘laman. 20 kuncha avval “Suvsoz” vakillari kelib, quvurning teshilgan joyini topa olmay, qaytib ketishdi. Isrof bo‘layotgan suv ertaga aholining bo‘yniga qarz bo‘lib yozilmasa edi”, deydi fuqaro.

U yuborgan video va fotolarda suv oqib yotgani, kattagina ko‘lmak hosil bo‘lgani, chuqurlikka yig‘ilgan suv toshib, dalaga oqib yotganini ko‘rish mumkin.

Mirzo Ulug‘bek tumani ichimlik suvi tarmoqlariga mas’ullar holatni imkon qadar tezroq bartaraf etishiga umid bildiramiz.

Mavzuga oid
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
08:53 / 23.05.2026
Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
20:59 / 05.05.2026