Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 nafar sudya bilan “xayrlashildi”
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda 4 nafar sudya o‘z arizasiga ko‘ra, 2 nafari odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.
Xususan, Kengash qarori bilan odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun:
Namangan viloyati JIB Namangan shahar sudining raisi – Baxtiyor Tavakkalov;
Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi – Kamoliddin Xolmuhammedovning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, Kengash qarori bilan:
Toshkent viloyati JIB Zangiota tuman sudining raisi – O‘ktam Xoliqov;
Toshkent viloyat sudining FIB sudyasi – Xilola Begaliyeva;
Andijon viloyati JIB Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi – Isoqboy Ergashev;
Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi – Ma’ruf Saidov o‘z arizalariga ko‘ra, lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Mavzuga oid
09:07 / 21.08.2025
«Dunyodagi eng mehribon sudya» 88 yoshida saratondan vafot etdi
08:26 / 26.04.2025
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
13:13 / 18.02.2025