Qarorga (.pdf) köra, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tuman sudi tergov sudyasi Şerali Seytirzayev öz arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Şuningdek, Farğona viloyati Bağdod tuman sudi raisi Otabek Siddiqov ham arizasi asosida sudyalik lavozimidan ozod qilingan.
Yana ikki sudyaning vakolati intizomiy va qonuniy asoslar bilan muddatidan ilgari tugatildi. Xususan, Samarqand viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudyasi Farruh Samatov sudyalik şa’ni va qadr-qimmatiga doğ tuşiradigan, sud obrösiga putur yetkazadigan nojöya xatti-harakat sodir etgani hamda Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uçun lavozimidan ozod etildi.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudyasi Fahriddin Xalilov esa odil sudlovni amalga oşiriş çoğida qonuniylikni buzgani uçun sudyalik vakolatidan muddatidan ilgari mahrum qilindi. Qarorda qayd etilişiça, mazkur hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran kuçga kirgan.
Şuningdek, kengaş qarori (.pdf) bilan bir qança tayinlovlar amalga oşirildi.
Şavkatjon Mirzaliyev Toşkent viloyati jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining tergov sudyasi lavozimiga, Şoxan Bekturganov Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimiga, Farruh Bozorboyev Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi. Dildora Anvarova poytaxt jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining tergov sudyasi böldi.
Bundan taşqari, Botirjon Sagatov Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudining sudyasi lavozimini, Iqbol Zokirov esa Namangan viloyati jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudining tergov sudyasi lavozimini egalladi.








